Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

×

 2024-02-29 15:38:28    254

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.

Ishtirokchilar press-tur davomida tumandagi Istiqlol Madaniyat markazi va Madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Istiqlol Madaniyat markazi Istiqlol mahallasi hududida joylashgan bo‘lib, bino 1968-yilda qurilgan, umumiy yer maydoni 2210,51 kv metrdan iborat.

Bu koshona qo‘shtepaliklar hursandchiligi, madaniy hordiq chiqarishlari, yoshlar uchun to‘garaklar, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, madaniy sohada qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha bilim olishlari uchun kapital ta’mirdan chiqarilgan. Faqat shaharlarda emas, balki qishloqlarda yashovchi aholi vakillarining madaniy hordiq chiqarishi, kontsert, teatr tomosha qilishlari uchun bu kabi inshootlar kerakligi inobatga olinib, kapital ta’mir uchun 4,5 milliard so‘m mablag‘ sarf etilgan. Markaz Istiqlol MFYda yashovchi aholi bilan birgalikda tumandagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun ham xizmat ko‘rsatmoqda. Markazda 440 o‘rinli tomosha zali, raqs, musiqa, estrada yo‘nalishlarida 10 dan ortiq to‘garaklarga 200 dan ziyod yoshlar jalb etilgan.

Ishtirokchilar press-tur davomida Madaniyat bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasining faoliyati bilan ham tanishdilar.

“Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasi 1989-yilda tashkil etilgan. 1991-yilda ushbu jamoaga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi xayatining qarori bilan “Xalq” jamoasi unvoni berilgan. Ushbu jamoa joriy yilda bir necha tadbirlarda o‘z dasturlari bilan ishtirok etib kelmoqda.

“Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasi nafaqat tumanimiz va viloyatimizda balki Respublikamizda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lgan jamoadir. “Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasi Respublika miqqiyosida o‘tkazilayotgan turli ko‘rik-tanlovlarda va festivallarda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan 2004-yilda Suxandaryo viloyatida o‘tkazilgan “Boysun bahori” ochiq xalqaro folklor festivalida qatnashib, YuNESKOning maxsus diplomi bilan taqdirlandi.

2009-yilda Respublika folklor etnografik xalq jamoalari ko‘rik tanlovida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2009-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fan, ma’orif, madaniyat komissiyasining qaroriga asosan “Yilning eng faol folklor jamoasi” setifikatini qo‘lga kiritdi. Xullas, ushbu jamoaning erishgan yutuqlari haqida ko‘plab gapirishimiz mumkin. Muxtasar qilib aytganda Qo‘shtepaning “Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasi xalq xizmatida, xalq orasida.

Bugun, press-tur ishtirokchilari ham jamoaning go‘zal kuy-qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldilar.

Shuningdek, press-turdan so‘ng tuman hokimligida jurnalist va blogerlar uchun “Qo‘shtepa tumanidagi “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari joriy etilgan Shomirza mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari ham qatnashdilar.

Matbuot anjumani tuman hokimi Anvarjon Abdullayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Anjuman davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar olishdi. 

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.

 















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram