Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KUN XABARI: TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA
2024-02-28 21:36:19 332
Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev va tuman prokurori A.Xudoyberganov hududlarda bo‘lib, aholi bandligini ta’minlash, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
Jumladan, ular Qiyqi mahalla fuqarolar yig‘inida horijiy kredit linyalari orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar. Tuman rahbari tomonidan tadbirkorga loyihani belgilangan muddatlarda ishga tushirish yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Tuman hokimi va tuman prokurori Sarmozor mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan charm poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishdilar. Tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli takliflar berildi.
Shuningdek, ular ushbu mahalla hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish hamda eksportni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli takliflar berishdi.
Xuddi shuningdek, tirkotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati ham o‘rganilib, tadbirkorga tegishli takliflar berildi.
Xumdon mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Zerofaks” MChJ tomonidan gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonada bo‘lgan tuman hokimi va tuman prokurori tadbirkor bilan suhbatlashib, tadbirkorga eksport uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli takliflarini berishdi.
Tuman hokimi va tuman prokurori tadbirkor Z.Xomidov tomonidan Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan tibbiy xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, muassasada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan ham yaqindan tanishdilar.