Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JARAYON

×

 2024-02-28 20:31:11    194

PDF yuklash
Chop etish



Jarayon


Barchamizga ma’lumki Qo‘shtepa tumanidagi Shomirza mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Qisqa muddatda mazkur mahalla har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirildi.

Bugun, tuman hokimi Anvarjon Abdullayev Shomirza mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning faoliyati bilan tanishdi. Mahalla yettiligi tomonidan aholiga munosib xizmat ko‘rsatish, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda oilaviy ajrimlarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.

Tuman rahbari 39-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

23-umumta’lim maktabida bo‘lgan tuman hokimi muassasada qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishib, mas’ullarga muassasada kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram