Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN

×

 2024-02-28 08:53:06    219

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Fayz MFY hududida joylashgan 19-umumta’lim maktabining tadbirlar zalida maktabning yuqori sinf o‘quvchilari va ularning onalari, shuningdek mahallaning faol xotin-qizlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva, viloyat “Oqila ayollar harakati” a’zosi X.Karimova, tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari D.Yusupovalar ishtirok etishdi.

Samimiy suhbat tarzida o‘tgan tadbirda xotin-qizlarning oilada va jamiyatda tutgan o‘rni, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va berilgan imtiyozlar, erta nikoh hamda erta tug‘ruq, oilaviy ajrimlarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlarga milliy an’ana va qadriyatlarimizni singdirish haqida so‘z bordi.

Tadbir so‘ngida a’lo o‘qishi va namunali xulqi bilan barchaga ibrat bo‘layotgan o‘quvchi qizlarning onalariga tashakkurnomalar topshirildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram