Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA YOSHLAR O‘RTASIDA “YOSH QUTQARUVCHI” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

×

 2024-02-27 16:09:49    240

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi 2-sektor hududida joylashgan 6-maktabda tumandagi barcha umum ta’lim maktablaridagi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tadbiq etish, ularni qutqaruvchi kasbiga qiziqtirish, harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Favqulodda vaziyatlar yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berishga o‘rgatish maqsadida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

Har bir musobaqa o‘tkazilishi belgilangan joylarga fuqaro muhofazasi sohasiga oid o‘quv adabiyotlar, jurnallar va zamonaviy qutqaruv asbob-anjomlaridan iborat ko‘rgazmali o‘quv nuqtalari tashkil etildi. Shuningdek, o‘tkazilgan musobaqada tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman mudofa ishlar bo‘limi, tuman Milliy gvardiyasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan mas’ul vakil, tuman FVB TB boshlig‘i mayor J.Maxmutaliyev hamda mas’ul tashkilotlar xodimlari ishtirok etdilar.

Musobaqa ishtirokchilari nizomda belgilangan 5 ta shart asosida sinovdan o‘tdilar. O’tkazilgan musobaqada 12 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” jamoalari qatnashdi.

Musobaqalarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan jamoalar tashkilotchilarning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. O’tkazilgan musobaqada 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Fidokor” jamoasi g‘olib bo‘ldi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram