Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-02-27 11:48:51 244
Ijtimoiy tarmoqlarda “Ko‘chamiz loy va changligidan bolalar va keksalardan xavotir olamiz” sarlavhasi ostida tarqalgan tanqidiy murojaat e’lon qilindi.
Jumladan, murojaatda “Qizilariq MFY, Shahriston ko‘chasining biror tekis yo‘li qolmagan. O’nqir – cho‘nqir yo‘llar, Qor va yog‘ingarchilik kunlarida umuman yurib bo‘lmaydi. Mahalla yo‘lini asfalt uchun “ochiq byudjet” orqali yetarli ovoz yig‘ilgan bo‘lsa ham natija yo‘q”ligi aytib o‘tilgan.
Fuqarolarning ushbu murojaatidan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qizilariq MFY hududida aholining xohish va istaklaridan kelib chiqib 2023 yil davomida 18 km toza ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 2 ta suv qudug‘i qazildi va 2 ta suv minorasi o‘rnatildi. Shuningdek, 10,5 km elektr tarmog‘i tortildi, 750 ta temir-beton tayanch, 9 ta TP o‘rnatildi va mahalladagi muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.
Murojaatda mahalla yo‘lini asfaltlash uchun “ochiq byudjet” orqali yetarli ovoz yig‘ilgan bo‘lsa ham natija yo‘qligi tilga olingan bo‘lib, unga ko‘ra 2023 yil 2-mavsum uchun Qo‘shtepa “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari 8 026,4 mln. so‘mni tashkil qilgan. Ushbu mablag‘lar doirasida yuqorida qayd etilgan talablar asosida eng ko‘p ovoz olgan takliflar kamayib borish tartibida tanlab olinib, 6 ta 1 320,0 mln. so‘mdan jami 7 920,0 mln. so‘mlik takliflar g‘olib topilgan. YEttinchidan boshlab qolgan takliflar jamg‘arma mablag‘lari miqdoridan ortib ketganligi sababli g‘olib deb topilmaganligini ta’kidlab o‘tmoqchimiz.
Yuqoridagi murojaatni yo‘llagan fuqarolarga esa Shahriston ko‘chasidagi yo‘l bilan bog‘liq muammolarni “Ochiq byudjet” va “Mening yo‘lim” lohasida faol ishtirok etish orqali hal etilishini ma’lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.