Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ANVARJON ABDULLAYEV QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI

×

 2024-02-23 21:28:44    560

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Ilyosbek Novikov o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Abdullayev Anvarjon Aliyevich nomzodi Qo‘shtepa tumani deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Anvarjon Abdullayev 1982 yilda O’zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2004-2014 yillar davomida Qo‘qon shahar statistika bo‘limida, 2014-2022 yillarda Farg‘ona viloyati, O’zbekiston va Dang‘ara tumani hokimliklarida mas’ul lavozimlarda, 2022-2023 yillarda esa Farg‘ona viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

2023 yildan tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram