Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI

×

 2024-02-23 16:13:39    493

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarning ishsizlik borasidagi muammolarini hal etilishini ta’minlash, bandligi ta’minlanmagan, muqim ish o‘rniga ega bo‘lmaganlarini ish bilan ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani IIBning tashabbusi bilan tuman hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida  1-son kasb-hunar maktabida 300 nafar yoshlar bilan uchrashuv hamda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olgan tuman IIB boshlig‘i Iqboljon Xamraqulov Qo‘shtepa tumani Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlariga yuz ming nafar yoshlar biriktirilganligini va biriktirilgan yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash ishlarini manzilli tashkil etish maqsadida ushbu tadbirning tashkil etilganligini ta’kidladi.

O’tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida tumanimizdagi mavjud korxona, tashkilot, muassasa va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishsiz yoshlar tuman hududidagi korxona va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda yaratilgan kvota ish o‘rinlari bilan tanishtirilib, mehnat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan hak-huquqlari bo‘yicha maslahatlar berildi va ularga maqbul bo‘lgan ishlar taklif etildi.








 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram