Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O‘TKAZILDI
2024-02-23 13:34:02 479
Qo‘shtepa tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan tumandagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biturivchi sinf o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar dastlab markazda fuqarolar qabuli uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Bu yerda murojaatchilarni qanday qabul qilish, ular bilan samimiy munosabatlar haqida batafsil ma’lumotlar olishdi.
Yoshlar adliya bo‘linmasi bo‘ylab ekskursiya davomida davlat xizmatlari markazi, FHDYo, adliya bo‘limi hamda yuridik markaz faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega bo‘lishib, Davlat xizmatlaridan foydalanishga oid bilimlarini boyitishdi.
Bundan tashqari, tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda maktab o‘quvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, o‘quv jarayonlari, amaliyot o‘tash tartibi hamda adliya organlarida ishga kirish yuzasidan berilgan savollariga javob berildi.