Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTONDA BAHOR QANDAY BOSHLANADI?

×

 2024-02-21 08:00:39    306

PDF yuklash
Chop etish


 

O’zgidromet xabariga ko‘ra, mart oyida O’zbekistonda havo harorati odatda tez ko‘tarila boshlaydi. Mart oyida o‘rtacha havo harorati fevralga nisbatan 5 6° ga, shimolda esa 7 8° ga yuqori bo‘ladi.     

Mart oyining eng iliq kunlarida, ayniqsa, oyning ikkinchi yarmida quyosh nurlari havoni 23-28° iliqqacha, janubda esa 30-33° iliqqacha isitadi.

Biroq, mart juda murakkab oy deb hisoblanadi. Ushbu oy havo oqimlari yo‘nalishi tez-tez o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Janubdan juda iliq havoni jadallik bilan kirib kelishi Volga bo‘yi, Ural va G’arbiy Sibir hududlaridan sovuq havo oqimi kirib kelishi bilan almashadi.

Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyi nisbatan salqin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Mart oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-2° ga past, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘lib, 4-9° iliqni, janubda 10-11° iliqni tashkil etadi.

Oy davomida harorat kechalari 0-5° sovuqdan 5-10° iliqqacha, kunduz kunlari 5-10° iliqdan 17-22° iliqqacha, janubda 20-25° iliqqacha keskin o‘zgarib turishi prognoz qilinmoqda.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram