Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-02-20 22:05:02 259
Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi harbiy hisob stoli boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarning joriy yil yanvar oyidan shu kunga qadar oylik maoshlarini olishmaganligi to‘g‘risidagi murojaati e’lon qilingan edi.
Mahallalardagi harbiy hisob stoli boshliqlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 04 mart kungi “O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash” haqidagi 119-sonli qaroriga asosan faoliyat yuritib kelgan. Ushbu shtat birligi mazkur Nizomning 15-bandining “b” kichik bandida hokimliklarda, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida:
Hisobda 500 dan 1000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — harbiy ro‘yxatga olish uchun bir nafar shtatli xodim, hisobda 1000 dan 2000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar bo‘lganda — ikki nafar ana shunday xodim hamda shundan keyingi har 1000 nafar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hisobiga — bir nafardan xodim biriktirish belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 29 dekabr kungi O’zbekiston Respublikasining “2024 yil uchun O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-422-sonli qarori 9-ilovasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari ro‘yxatining 5-bandida Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom 15-bandining “b” kichik bandi ham bekor qilingan.
Yuqoridagilarga ko‘ra hozirda yangi tashkil topgan O’zbekiston mahallalari uyushmasining shtatlar jadvalida harbiy hisob stoli boshlig‘i lavozimi rejalashtirilmaganligi, lekin ushbu masalada yuqori turuvchi organlarga murojaat qilinganida tez kunlarda ijobiy hal etilishini va harbiy hisobga olish xodimlarining oylik maoshlari to‘lab berilishini bildirishganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.