Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHNI ELDA TINCHLIK UCHUN KURASHGANLAR

×

 2024-02-16 11:35:18    500

PDF yuklash
Chop etish



Faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi

Bugun, Qo‘shtepa tumanida O’zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining 30 yilligi hamda Afg‘oniston hududidan harbiy qo‘shinlar cheklangan kontingentini olib chiqilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi (v.v.b) A.Yunusov va sektor rahbarlari, mas’ul idoralarning rahbarlari hamda Afg‘onistonda yigitlik burchini o‘tagan veteran harbiylar ishtirok etdilar.

Tadbirda Afg‘oniston tuprog‘ida tinchlik uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasi yod etildi, hozir oramizda bo‘lgan veteranlarning bugungi kunda yoshlarni tarbiyalashdagi katta roli hamda o‘rni, urush yo‘lini bosib o‘tgan jangchilar sifatida ularga vatanga muhabbat tuyg‘ularini singdirib, yosh avlodni haqiqiy vatanparvar etib tarbiya qilayotganliklari alohida e’tirof etildi hamda ehtirom ko‘rsatildi.

Tumandagi Xotira maydonida o‘tkazilgan tadbirda Afg‘oniston tuprog‘ida tinchlik uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasi yod etilib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Shuningdek, tumanimiz san’atkorlari va ijodkor o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.



















 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram