Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JARAYON
2024-02-15 12:00:22 234
Bugun, Qo‘shtepa tumani hokimi (v.v.b) A.Yunusov Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Dehqon bozori” MChJda bo‘lib, bozordagi va oziq-ovqat mahsulotlari do‘konlaridagi narx-navo bilan tanishdi.
O’rganishlar jarayonida aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, A.Yunusov tumandagi 2-IDUMIda o‘qish jarayonlarining borishi hamda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
18-MTMda bo‘lgan A.Yunusov muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan o‘zining tegishli ko‘rsatmalarini berdi.