Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-02-14 16:41:34    204

PDF yuklash
Chop etish


Qo‘shtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi maslahatchisi M.Mo‘ydinova, maktab direktori D.Gayupova hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari D.Xoliqovlar so‘zga chiqib, buyuk shoirning hayot va ijod yo‘li, millatimiz uchun amalga oshirgan buyuk ishlari hamda Bobur ijodining bugungi yosh avlod ma’naviy hayotidagi ulkan ahamiyati xususida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi sanatkorlari Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarini kuyga solib ijro etgan bo‘lsalar, ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari tomonidan shoirning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. G’azallaridan baytlar, milliy kuy-qo‘shiqlar hamda betakror sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

















 

 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram