Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“QISHLOQ AYOLLARINING IQTISODIY IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH” LOYIHASI DOIRASIDA O‘QUV-TRENING TASHKIL ETILDI

×

 2024-02-12 12:42:13    180

PDF yuklash
Chop etish


 

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi 14-103-63 topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Farg‘ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi hamkorligida “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish loyihasi” amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha Jahon banki va Yaponiya Ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi bilan 2021-2024 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, viloyatimizning Qo‘shtepa, Yozyovon, Furqat va So‘x tumanlarida shakllantirilgan guruhlar ishtirok etmoqda.

Jumladan, Qo‘shtepa tumanidagi Prezident ta’lim muassasalari tasarrufidagi Ixtisoslashtirilgan maktab majlislar zalida “Qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan 2 kunlik o‘quv-treningda tumandagi ko‘rsatgichlari yuqori baholangan guruh a’zolari ishtirok etishdi.

O’quv-trening davomida tashkil qilingan ayollar farovonligini oshirish guruhlari a’zolari tadbirkorlik tushunchasi bilan tanishtirish, faoliyat turini jonlantirish, tadbirkorlik sub’ektini ro‘yxatdan o‘tkazish va kichik grant olish uchun biznes reja tayyorlash bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.










 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram