Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR TIZIMIDA 2023 YIL DAVOMIDA TUMANDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

×

 2024-01-31 19:06:07    708

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida oilaviy ajrimlar hamda jinoyatchilikni oldini olish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman IIB, tuman adliya bo‘limi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ul xodimlari hamda kun tartibiga taalluqli bo‘lgan mas’ullar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda tuman hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva 2023 yil yakuni yuzasidan asosiy ko‘rsatkichlar tahlili bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, M.Yuldasheva yig‘ilish ishtirokchilarini 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi (prognoz ko‘rsatkichlar) bilan tanishtirdi.

Tahlil asosida oilaviy ajrim va ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlashda, xotin-qizlar jinoyati,tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish va boshqa asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha salbiy natija ko‘rsatgan mahalla xotin-qizlar faollarining hisobotlari tinglandi.

 IIB XQ bo‘yicha inspektori M.Vaxapova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ul xodimi M.Eminov, tuman bosh imom xatibi A.Axmadaliyev, tuman “Oqila ayollar harakati” rahbari D.Yusupovalar kun tartibidagi masalalar va 2024 yilga hamkorlikdagi amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.










 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram