Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 71 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2024-01-25 19:33:47    246

PDF yuklash
Chop etish


 

Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shtepa tumanidagi Shahartepa mahallasi Mustaqillik ko‘chasi, 41-uyda yashovchi fuqaro Baxodir Jo‘rayevning video murojaati e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Shahartepa MFY Mustaqillik ko‘chasi, 41-uyda yashovchi Baxodir Jo‘rayevning turmush o‘rtog‘i Minavarxon Jo‘rayeva tikuvchilik bilan shug‘ullanadi. 2023 yili uning qizi Nodiraxon Ergashevaga “Yoshlar daftari”da bo‘lganligi uchun arizasiga binoan subsidiyaga tikuv mashinasi berilgan. Bu orada Nodiraxon turmushga chiqqanligi uchun mahalla mas’ullarining o‘zaro kelishuvi bilan tikuv mashinasi uning onasi Minavarxonga berilgan va uning bandligi ta’minlangan.

Murojaatchi ushbu muammo bilan MFY mas’ullariga ham murojaat qilgan. Mahalla hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan unga subsidiyaga mablag‘ olish tartibi haqida batafsil tushuncha berilgan.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram