Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 180 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA TADBIRLAR O‘TKAZILDI

×

 2024-01-25 18:42:29    173

PDF yuklash
Chop etish


 

Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan bugun Qo‘shtepa tumanida turli tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 15-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari ishtirokida o‘quvchilarni oliy ta’limga qamrab olish yuzasidan seminar trening o‘tkazildi.

Seminarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi AKTni rivojlantirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S.Mo‘minov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Qosimovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i texnika fanlari doktori Z.Yunusov, Bilim va malakalarni baholash sho‘basi mudiri I.Shokirov, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam ko‘rsatish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutining xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i S.Umarov, O’DJTSU Farg‘ona filiali ta’lim sifati nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i A.Soyibnazarov, FarPI Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Davronbekov, TATU Farg‘ona filiali dekan o‘rinbosari T.Oxunovlar o‘zlari faoliyat yuritayotgan oliygohlar taqdimotini ishtirokchilarga namoyish etishdi.

Samimiy muloqotda o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir o‘quvchilar o‘rtasidagi bahs-munozaralar bilan yanada qiziqarli bo‘ldi.

Kunning ikkinchi yarmida IT sohasiga qiziquvchi bir guruh qo‘shtepalik o‘quvchilar Marg‘ilon shahrida joylashgan IT Parkda “IT sohasi va kelajak kasblar” mavzusidagi tadbirga taklif etildi.

Shuningdek, Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilgan 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Marg‘ilondagi Erkin Vohidov nomidagi yosh ijodkorlar maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Qosimova, shoira O’.Soliyeva va tumanimizdagi faxriy ustozlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida har ikki maktabning ijodkor o‘quvchilari o‘zlarining ijod namunalaridan o‘qib berishdi va bu uchrashuv mushoiraga aylanib ketdi. 

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram