Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING QO‘SHTEPA TUMANIDAGI FAOLIYATI

×

 2024-01-25 12:48:04    277

PDF yuklash
Chop etish



 

Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi Qo‘shtepa tumanida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

O’rganishlarda aholi muammolari va ularni hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi qator yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarga muhim e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Respublika ishchi guruhi vakili Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Mavluda Nizamova Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, bu yerdagi Respublika darajasida yechim belgilanishi zarur bo‘lgan muammolar bilan tanishdi.

Jumladan, Respublika ishchi guruhi vakili Mavluda Nizamova Katta beshkapa MFY hududida joylashgan “Engil sanoat” MChJda bo‘lib korxonada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Korxonadagi shart-sharoitlar va ishchilarning muammolari o‘rganildi. Shuningdek, “Qoraqushchi” MFYdagi yettilik faoliyati bo‘yicha ham suhbat o‘tkazildi.

O’rganishlar jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar, yo‘l-yuruqlar ko‘rsatildi va topshiriqlar berildi.

Ishchi guruhning mahallalar bo‘ylab o‘rganishlari davom etmoqda.






 

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram