Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA SAYYOR SUD MAJLISLARI O‘TKAZILDI

×

 2024-01-24 19:02:19    279

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun, Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida sayyor sud majlislari o‘tkazildi. Sayyor sud majlisida Marg‘ilon shahar, Oltiariq hamda Qo‘shtepa tumanlari IIB Probatsiya bo‘limlari hisobida turuvchi mahkumlar hamda boshqa fuqarolar qatnashdi.

Sayyor sud majlisi davomida Qo‘shtepa tuman IIB Probatsiya bo‘limi hisobida turib axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan 1 nafar mahkumning jazo turi ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.

Shuningdek, munosib xulq-atvorda bo‘lib, mehnatga halol yondashib tuzalish yo‘liga o‘tgan 14 (o‘n to‘rt) nafar mahkumlar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Bundan tashqari, sayyor sud majlisida 2 (ikki) nafar shaxsga nisbatan giyohvandlik moddalarini qonunga hilof ravishda saqlashga oid 2 (ikki) ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, 1 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi 1 nafariga nisbatan axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi hamda 13 (o‘n uch) ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rilib, qonuniy va adolatli qarorlar chiqarildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram