Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA YANA BIR ZAMONAVIY XUSUSIY KLINIKA O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
2024-01-20 16:14:11 707
Bugungi kunda aholi salomatligini ta’minlash, buning uchun esa barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, odamlarni o‘z hayotlaridan rozi qilish – asosiy maqsadiga aylangan. Zero, ularning manfaatlarini himoya qilish oliy vazifadir.
Shu maqsadlar yo‘lida Qo‘shtepa tumanidagi Qumtepa mahallasi hududida “Asia medline” xususiy klinikasi o‘z faolyatini boshladi.
Bugun tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori A.Xudoyberganov hamda mahalla faollari tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikasida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
2,0 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga qad rostlagan ushbu tibbiy xizmat ko‘rsatish klinikasiga “Xomidova Ra’noxon” MChJ tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, shuningdek zamoniy tibbiy uskunalar, jihozlar keltirilib, yangi 12 ta ish o‘rni yaratildi.
Markazda bemorlar, qolaversa tibbiyot xodimlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Malakali shifokorlar tomonidan barcha yo‘nalishlarda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Bu esa bemorlarga o‘z vaqtida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.