Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 277 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA “YANGI O’ZBEKISTON-MA’RIFATLI JAMIYAT” DEB NOMLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-01-19 17:07:48    572

PDF yuklash
Chop etish


 

Bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Istiqlol” Madaniyat markazida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, xotin-qizlarda ona-Vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish hamda oilalarni mustahkamlash maqsadida “Yangi O’zbekiston – ma’rifatli jamiyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa sohalarda faoliyat olib borayotgan fidoiy ayollar, mahallalarda obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan xotin-qizlar, shuningdek “Oqila ayollar” hamda “Qizlarjon” klubining faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldasheva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira O’ktamxon Soliyeva, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Muniraxon Qo‘qonova, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni hamda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi Tojixon Abduqodirova, “Shuhrat” medali sohibasi, tuman hokimi maslahatchisi Muhabbatxon Mo‘ydinovalar so‘zga chiqib, yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, e’tibor haqida fikr bildirdilar.   

Tadbir davomida tuman Madaniyat markazining xushovoz xonandalari hamda DMTMlarining tarbiyalanuvchilari ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo‘shiq va raqslar, barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram