Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“GARMDON” MAHALLASIDA YANGI TARMOQ TORTISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2024-01-19 08:43:55    640

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanining “Garmdon” mahallasidagi uzoq yillik elektr ta’minotidagi muammolar o‘z yechimini topmoqda.

Sababi, mazkur mahalla hududidagi elektr tarmoqlarini to‘liq yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, shu kungacha 300 dan ortiq yangi temir-beton hududga olib kelib o‘rnatildi. Mutaxassislar tomonidan 6,4 km uzunlikda 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Bundan tashqari mahalladagi mavjud transformatorlar yukini yengillatish maqsadida mahallaga qo‘shimcha 5 dona yangi transformator punktlari olib kelinib, o‘rnatildi.

Buning natijasida mahallaning 800 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanib, iste’molchilar to‘liq yangi elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

Tumanda bu kabi yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram