Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“BOROT” MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HISOBOTI TINGLANDI
2024-01-16 16:10:26 579
Qo‘shtepa tumanidagi “Borot” mahallasida 4380 ta fuqaro istiqomat qiladi. Oilalar soni 1267 ta. Hududda muqaddam jinoyat sodir etib, hozirda qidiruvda bo‘lgan shaxslar mavjud emas.
Profilaktika inspektori Baxtiyor Yuldashev ushbu hududda jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, xizmat olib boradi.
Bugun hududdagi 43-umumta’lim maktabida “Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yig‘inlarida eshitish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017 yil 6 sentyabrdagi 193-sonli buyrug‘i talablari ijrosi yuzasidan tuman IIB JXX HPB profilaktika katta inspektori, mayor Baxtiyor Yuldashev ishtirokida mahalla faollari bilan 2023-yil yakuni buyicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman IIBning mas’ullari hamda Borot mahallasida faoliyat olib borayotgan beshlik vakillari ham ishtirok etishdi.
“Borot” MFY profilaktika inspektori, mayor Baxtiyor Yuldashev o‘z hisotobtida jinoyatning oldi olsh, mahalla tinch bo‘lishi, odamlar xavfsiz yashashi, bugungi hayotidan rozi bo‘lishi yo‘lida olib borayotgan ishlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir davomida mahalla mas’ullarining fikr-mulohazalari ham tinglanib, faollarni qiziqtirgan savollarga tegishlicha javob berildi.