Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI MADANIYAT MARKAZIDA “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN!” SHIORI OSTIDA “MAHALLADA DUV-DUV GAP” TADBIRI BO‘LIB O‘TDI (FOTO)

×

 2024-01-15 12:48:24    563

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbiri bo‘lib o‘tdi (Foto)

Bugun Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” madaniy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida qo‘shtepalik hunarmadlar tomonidan tayyorlangan liboslar, shuningdek kitoblar va yosh rassomlarning ko‘rgazmalari namoyish etilib, shaxmatchilar hamda stol tennisi ishqibozlari o‘zaro bellashdilar.

300 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan tadbirda tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari va hamkor tashlikotlarning mas’ullari ham ishtirok etishdi.

Tadbirni Qo‘shtepa tuman hokimi I.Novikov ochib berdi va mahallalarda o‘tkazilgan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” madaniy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlarida faol ishtirok etgan sipikerlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shundan so‘ng sipikerlar tomonidan mamlakatimizda mahallalarga berilayotgan e’tibor, keyingi yillarda yangicha qiyofa kasb etayotgan maskanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mazkur tadbirning mazmun-mohiyati ta’kidlab o‘tildi.

Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va Qo‘shtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Har bir yangragan ko‘y-qo‘shiqlar va tashkil etilgan mushoiralarda Vatan madh etildi, O’zbekistonning o‘ziga xosligi va betakrorligi tarannum etildi. Qolaversa Sharqiy harbiy okrug 48982- harbiy qismning jangovar chiqishlari ham barchaga birdek manzur bo‘ldi.


























 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram