Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 278 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA MAHALLANI QO‘LLAB-QUVVATLASH KENGASHINING TASHKILIY YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-01-12 18:20:25    499

PDF yuklash
Chop etish



Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash va amaliy ko‘mak berishda yangi tizim yaratilmoqda

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni hamda Qarori ijrosi doirasida mamlakatimizda mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari, shuningdek, O’zbekiston mahallalari Uyushmasi tashkil etilmoqda.

Bugun viloyatimizdagi barcha shahar va tumanlarda mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyati kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash jarayonlari o‘tazildi.

Xususan, Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mavjud 51 ta MFY raislari, Mahallani qo‘llab-quvvatalash bo‘yicha tuman kengashi a’zolari, hamkor tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni kengash raisi, tuman hokimi Ilyosbek Novikov olib bordi. Kun tartibida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O’zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar, Davlatimiz Rahbari raisligida 2023 yil 22 dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar muhokamasi hamda Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyati kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tuman hokimi Ilyosbek Novikov ma’ruzasida Prezidentimizning mazkur Farmon va Qarorlari bilan mahalla instituti nufuzini yanada oshirish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish, mahallabay ishlashga mas’ul bo‘lgan shaxslar faoliyatini samarali tashkil etish va ularning hamkorligini ta’minlash hamda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda ko‘maklashishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni belgilab berilganligini ta’kidladi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Donyor Xoliqov Davlatimiz Rahbari tomonidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida yig‘ilishni olib borish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglanib, mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyati Kengashining tashkiliy yig‘ilishida tumanimiz nomidan munosib ishtirok etuvchilarga, ishonch bildirildi.

















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram