Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDAGI YAPONIYA TA’LIM TAJRIBASI TATBIQ ETILGAN 7-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABIDA O‘QUV-AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI (FOTO)
2024-01-12 14:04:36 478
Barchamizga ma’lumki 2023 yili Qo‘shtepa tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinov tariqasida Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etildi. Maskanda Yaponiya ta’limining o‘ziga xos jihatlari, xususan ta’lim jarayonini tashkil etishning samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha yetarli sharoitlar yaratilgan. O’quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni shakllantirish bosh g‘oyasi bo‘lgan Yaponiya ta’lim tizimi, yuqori bilim berish bilan birga, tozalikka rioya qilishni va sog‘lom turmush tarzini bolalikdan o‘rgatish, o‘quvchilarni yoshlikdan kasbiy ta’limga yo‘naltirish, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish kabi jihatlarni ham o‘z ichiga olgani bilan e’tiborlidir.
Bugun, 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida viloyatimiz bo‘yicha Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
“Farg‘onada Yaponiya ta’lim tajribasining tatbiq etilishi” bo‘yicha o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminarda Yaponiya ta’lim tajribasi tatbiq etilgan 19 ta tuman va shaharlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining direktorlari, boshlang‘ich sinf hamda informatika va texnalogiya fani o‘qituvchilari, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ullari qatnashdilar.
Tadbirning ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etdi.
O’quv-amaliy seminar ishtirokchilari maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan ochiq darslarda ishtirok etib, maktabdagi ta’lim-tarbiya, to‘garak jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, maktabga tashrif buyurgan Yaponiya ta’lim tajribasini Farg‘ona viloyatida sinov tariqasida tatbiq etish bo‘yicha viloyat hokimining maslahatchisi Goto Mikako xonim “Boshlang‘ich sinflarda yapon metodikasi asosida matematika dars jarayonlari” mavzusida hamda robototexnika bo‘yicha mutaxassis Koganezava Koichi “O’quvchilarning dars mashg‘ulotlariga qiziqish bilan yondashuvi” to‘g‘risidagi qo‘llanmasi bo‘yicha informatika va texnalogiya fani o‘qituvchilariga dars mashg‘ulotlarini o‘tib berishdi.