Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA: XAYRLI ISHLARDA MEHR VA E’TIBOR MUJASSAM
2024-01-10 18:41:39 463
Qo‘shtepa tumanida aholining ehtiyojmand qatlami, yakka-yolg‘iz va nogironligi bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Bu borada ayniqsa, tuman hokimligi, sektor rahbarlariga ana shunday fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z muddatida ijro etishga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Shu kabi murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Solijonobod mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Munojatxon Toshmatovaning murojaatiga ko‘ra 2017 yilda tug‘ilgan qizi Irodaxon Toshmatovaga Qo‘shtepa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari tomonidan nogironlik aravachasi topshirildi.