Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI HAYOT UCHUN YANGI O’ZBEKISTON UCHUN
2024-01-08 14:24:02 278
Mahallada duv duv gap
Barcha joylarda bo‘lgani kabi “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar Qo‘shtepa tumanida ham davom etmoqda.
Tadbir davomida hozirgi paytda yurtimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, islohotlar samarasi, shuningdek, aholimiz ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari ishtirokida kontsert dasturi namoyish etilib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashilmoqda.
Xuddi shunday tadbirlar Bo‘ston, Vatan, Katta boltako‘l mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari uchun 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari M.Yuldasheva, “Istiqbol yo‘li” gazetasi qoshidagi “G’uncha” adabiy to‘garagi rahbari, shoir T.O’rinov, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti o‘qituvchisi S.Xoshimov, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari hamda mahalladagi faollar va yoshlar qatnashdi.
Shuningdek, Shahartepa, Dehqonobod va Loyson mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari uchun 2-sonli kasb-hunar maktabida ham “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman Ma’naviyat bo‘linmasi rahbari D.Xoliqov, 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologiya fani o‘qituvchisi T.Usmonov, “Sulaymonbek xoji” jome masjidi noyibi I.G’ofurovlar ishtirok etishdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbirlari tumanimiz bo‘ylab davom ettirilmoqda.