Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“KICHIK BESHKAPA” MAHALLASIDAGI O’ZGARISHLAR
2024-01-08 09:03:50 291
Qo‘shtepa tumanining “Kichik beshkapa” mahallasida ayni vaqtda, 800 dan ortiq aholi iste’molchilari mavjud bo‘lib, mazkur iste’molchilarning soni hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabi ortib bormoqda.
Bu esa o‘z navbatida mahallaning elektr ta’minotida bir qancha muammolarni keltirib chiqarayotgan edi.
Mazku mahallada boshlangan yirik loyiha yuqoirda qayd etilgan bir qancha muammolarga to‘la qonli yechim bo‘la oldi.
Sababi, mahallaning asosan hashar yo‘li bilan qurilgan elektr uzatish tarmoqlarini to‘liq yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Mahallada amalga oshirilayotgan loyihaga ko‘ra, shu kungacha hududga 250 ga yaqin yangi temir-beton tayanchlari olib kelib o‘rnatildi va ushbu ishlar davom etmoqda.
Mutaxassislar tomonidan tangi tayanchlarga 3,2 km uzunlikda 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurildi va bu ishlar loyiha yakuni bilan 10 km ga yetkaziladi.
Bundan tashqari mahalladagi mavjud transformatorlarning yukini yengillatish maqsadida mahallaga qo‘shimcha 5 dona yangi turli quvvatdagi transformator punktlari olib kelinib, o‘rnatildi.
Buning natijasida mahallaning 800 dan ortiq xonadonlarining elektr ta’minoti yaxshilanib, iste’molchilar to‘liq yangi elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.