Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
GARMDONDAGI UZOQ YILLIK MUAMMOLAR O’Z YECHIMINI TOPMOQDA
2024-01-06 12:31:51 388
Qo‘shtepa tumanining "Garmdon" mahallasidagi uzoq yillik elektr ta’minotidagi muammolar o‘z yechimini topmoqda.
Bugun mahalla ahli hududda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlardan mamnun.
Sababi, mazkur mahalla hududidagi elektr tarmoqlarini to‘liq yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, shu kungacha 200 dan ortiq yangi temir-beton hududga olib kelib o‘rnatildi. Mutaxassislar tomonidan 6,4 km uzunlikda 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.
Bundan tashqari mahalladagi mavjud transformatorlar yukini yengillatish maqsadida mahallaga qo‘shimcha 5 dona yangi transformator punktlari olib kelinib, o‘rnatilish arafasida.
Buning natijasida mahallaning 800 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanib, iste’molchilar to‘liq yangi elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Tumanda bu kabi yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.