Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN” SHIORI OSTIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
2024-01-05 15:58:50 483
Qo‘shtepa tumanidagi Namuna, Qizilariq, Qamishtepa mahallalari fuqarolari uchun 1-maktabda tashkil etilgan “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i A.Yunusov, tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova, “Ismoil Buxoriy” masjidi imom-xatibi A.Mirsaidov, Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro insituti o‘qituvchisi A.Madaminov, Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, “Shuhrat” medali sohibi M.Qo‘qonova, tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va erishilayotgan yutuqlar ishtirokchilarga aniq hayotiy misollar asosida, sodda va tushunarli tarzda yetkazildi.