Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI YIL ARAFASIDA QO‘SHTEPA  TUMANI “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZINING YANGILANGAN BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-12-29 16:40:49    392

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkillangan tantanali tadbirda so‘z olganlar, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdilar.

Mukammal ta’mirlanib, yangilangan va zamonaviy jihozlangan markazda fuqarolar hamda markaz xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Endilikda bu binoda ijtimoiy xizmat va yordamlarning 49 turi, jumladan, nogironlikni belgilash, protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlash, sanatoriylarga yuborish, psixologik yordam va ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov boshchiligidagi sektor rahbarlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram