Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2023-12-27 17:03:13 248
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining navbatdagi oltmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, siyosiy partiyalar va tashkilot rahbarlari, mahallalardagi ayollar faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishini tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ilyosbek Novikov olib bordi.
Sessiya ishida Qo‘shtepa tumanining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
Tumanda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Qo‘shtepa tumani Kengashining “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini maqsadli va manzilli sarflash to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi har bir masala deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, savollar berildi va o‘z o‘rnida ushbu savollarga ma’ruzachilar aniq misollar orqali batafsil javob qaytardi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.