Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA MUHTOJ OILALARGA NAVBATDAGI YORDAMLAR KO‘RSATILDI
2023-12-26 08:30:02 279
“Saxovat va ko‘mak” aholi ko‘makchisiga aylandi
“Mahalla” hayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qo‘shtepa tumanidagi kam ta’minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan 17 nafariga davolanish, jarrohlik amaliyoti o‘tkazish va dori-darmon harid qilish uchun 138 mln 239 ming so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvatlash maqsadida ularning 35 nafariga 116 mln 960 ming so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi aholining kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida haqiqiy ko‘makchiga aylandi.