Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-12-14 13:24:36    588

PDF yuklash
Chop etish


 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo‘shtepa tumanidagi Soybo‘yi mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan “Raduga” nomli bolalar bog‘chasida chinor barglari xodimlar tomonidan yoqib yuborilganligi to‘g‘risidagi tanqidiy murojaat e’lon qilingan edi.

Ushbu murojaat yuzasidan Milliy gvardiya Qo‘shtepa tuman bo‘limi va tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘rganishlar olib borildi. O’rganish davomida muassasa ish yurituvchisi X.B tomonidan isitish pechidan chiqqan kullarni muassasaning tashqari qismidagi bo‘sh yer maydonida to‘planib qolgan xazonlar ustiga tashlaganligi natijasida xazonlar yonib ketganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha fuqaro X.B ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 88-modda 3-qismiga asosan 1020000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram