Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMANIMIZ AHOLISI DIQQATIGA!
2023-12-09 09:04:51 717
Farg‘ona viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i X.X.Bozarovning 2023 yil 5 dekabr kungi “Farg‘ona viloyati hududida sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda kuch va vositalarning shayligini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan mamlakatimizga bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi, 9 dekabrdan respublikamizning sharqiy viloyatlarida yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir,qor) kuzatilishi, 12-14 dekabr kunlari havo harorati -10-13 daraja sovuq bo‘lishi kutilayotganligi munosabati bilan viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar, shahar va tumanlar hokimliklari tomonidan sovuq ob-havo sharoitining salbiy oqibatlarini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shuni inobatga olib, kutilayotgan ob-havo o‘zgarishiga tayyorgarlik ko‘rishingizni, elektr va gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.
Bu borada mavjud muammolarni hal etish uchun:
Tuman elektr tarmoqlari korxonasiga (+99891-111-03-06;+99890-300-09-09; +99873-425-16-81; +99873-425-12-15),
Tuman “Hududgaz” korxonasiga (+99873-425-11-04; 104; +99891-110-88-46; +99833-303-89-10)
Tuman “Suv ta’minoti” korxonasiga (+99873-425-19-51; +99890-390-38-39; +99891-673-50-08) murojaat qilishingiz mumkin.
Qo‘shtepa tumani hokimligi axborot xizmati.