Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI ILYOSBEK NOVIKOVNING O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI
2023-12-07 20:08:11 853
Assalomu alaykum, qadrli tumandoshlar!
Avvalo, Siz azizlarni, Qo‘shtepa ahlini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Davlatimiz bosh qomusi, avvalo, xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir.
Bosh qomusimiz – xalqimiz irodasini o‘zida ifoda etib, mamlakatimiz mustaqilligi, huquq va erkinliklarimiz, burch va majburiyatlarimizning qonuniy asosi, mustahkam kafolatidir.
Uning har bir moddasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqimiz manfaatlari aks etgan. Bosh qomusimizni o‘rganish, uning moddalarini o‘z hayotiga tadbiq etish har bir fuqaroning burchidir.
Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish bilan birga xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni yana bir bor, Bosh Qomusimiz – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami bilan qutlar ekanman, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik, ezgu ishlaringiz va tashabbuslaringiz ro‘yobida muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilayman.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!