Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLARGA BAYRAM TUHFASI

×

 2023-12-06 18:08:09    733

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanidagi G’ishtmon mahallasi hududida joylashgan 28-MTMda qo‘shaloq bayram bo‘ldi.  “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 28-MTTga 90 o‘rinli qo‘shimcha bino qurib bitkazilib foydalanishga topshirildi.

Muassasaga “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1 200 000 000 so‘m mablag‘ ajratildi va 90 o‘rinli qo‘shimcha binoning qurilish ishlari “Dugoba nihol servis” MChJ tomonidan olib borildi. Qolaversa ushbu bog‘chaning filialini ta’mirlash uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 163 million so‘m ajratildi. Hozirda muassasaning filiali ham to‘liq ta’mirdan chiqarilib, qishloqdagi bolajonlar uchun to‘la-to‘kis sharoitlar yaratildi.

28-MTMda tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, mahalla nuroniylari, mutasaddi idora rahbarlari, shuningdek muassasaning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida bolajonlar ishtirokida musiqiy dastur ham namoyish etildi.    










 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram