Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 31 YILLIGI MUNOSABATI BILAN SHOMIRZA MAHALLASIDA BAYRAM TANTANALARI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-12-06 17:06:09    568

PDF yuklash
Chop etish


 

Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!

Barchamizga ma’lumki Qo‘shtepa, Quva, Rishton va Furqat tumanlarida hayotga tatbiq etilgan “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari viloyatimizning boshqa shahar va tumanlarida ham ommalashtirildi. Xususan, bugun Qo‘shtepa tumanidagi “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Shomirzaliklar va tumanimiz ahli jamul-jam bo‘lgan bayram tadbiri chinakam ma’noda milliy-madaniy saylga aylanib ketdi. Dastlab “Sog‘lom hayot uchun” sport tadbiri tashkil etildi.

Bayram tadbirining ochilish marosimida Bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev va viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Shomirza mahalla fuqarolar yig‘ini binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va tadbir ishtirokchilari mahalla binosida jamoa uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Mehmonlar ishtirokida MFY raisi va xotin-qizlar faoliga kompyuter jamlanmalari topshirildi.

Shuningdek, 21 nafar “Ayollar daftari”da turgan xotin-qizlarga hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan Mahallabay ishlash agentligi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida tikuv mashinalari va 1 nafar “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqaroga eshik-rom yasash uchun metal kesuvchi uskuna berildi.

Tadbir davomida aholi uchun arzonlashtirilgan qishloq ho‘jaligi va oziq- ovqat mahsulotlari yarmarkasi, xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi.

Undan so‘ng mahalla hududidagi 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ko‘ngilochar tadbirlar boshlandi. Tadbir ishtirokchilari uchun bayram dasturxoni atrofida musqiy ko‘ngilochar dastur namoyish etildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va tuman hokimi Ilyosbek Novikovlarning bayram tabriklaridan so‘ng tumanimiz faollariga ko‘krak nishonlari, mahalladagi ijtimoiy rivojlanishga hissa qo‘shgan bir guruh tashabbuskorlarga, sportchi va har jabhada na’umunali o‘quvchilarga tashakkurnoma va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. Qolaversa ilk marotaba fuqarolik pasporti olayotgan 6 nafar yoshlarga viloyat rahbari tomonidan pasportlar topshirildi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng yurtimizning taniqli san’atkorlari, tumanimizning xushovoz xonandalari va so‘z ustalari tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.



















 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram