Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 886 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2023-12-04 20:45:53    286

PDF yuklash
Chop etish


 

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan Qo‘shtepa tumani Eshonguzar MFY hududidagi “AHMADJON HOJI OTA” fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan fermer xo‘jaligi yerlariga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilishlar va bino inshoatlar qurib olinganligiga oid murojaat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi.

- “Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining 21.10.2022 yildagi 4-1504-2203/2143-sonli da’vogar Davlat soliq Qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi viloyat boshqarmasining javobgar “AHMADJON HOJI OTA” fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinov tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan 88 kv.m bino inshootlarni majburiy tartibda, javobgar hisobidan buzdirish va yer maydonini belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holga keltirish hamda o‘zboshimchalik bilan to‘sib olingan 531 metr beton to‘siq devorni va 4 dona temir darvozalarni olib tashlab, mavjud yo‘lni o‘z holiga keltirish majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi ijro hujjati 14.02.2023 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijroga qaratilgan.

Qarzdor sud qarori bilan tanishtirilib hujjat talabini bajarishi shartligi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Majburiy ijro harakatlari davomida “AHMADJON HOJI OTA” fermer xo‘jaligi rahbari R.Mo‘ydinovga 28.03.2023 yilda majburiyat yuklatilgan. Majburiyat bajarilmagani uchun 11.05.2023 yilda R.Mo‘ydinovga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 15 barobari miqdorida qo‘shimcha jarima qo‘llanilgan.

Shuningdek, kelgusida qarzdor R.Mo‘ydinov sud hujjati talablarini bajarmagan taqdirda JKning 232-moddasi tartibida jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. Shunga qaramasdan, 15.06.2023 yilda ijro hujjati talabini bajarish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “AHMADJON HOJI OTA” fermer xo‘jaligi hududidagi noqonuniy qurilgan 2 ta darvoza buzdirilgan.

Keyingi majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan 4.950.000 so‘m 24.10.2023 yilda qo‘shimcha jarima undirildi va ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.

Kelgusida tegishli sudning noqonuniy qurilmani majburiy tartibda buzdirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘limga kelib tushgan taqdirda ijro hujjati talabi to‘liq amalga oshirilishi ta’minlanishini ma’lum qilamiz.”

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram