Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VAZIR MASLAHATCHISI “SHOMIRZA” MAHALLASIDA BO‘LDI

×

 2023-12-04 13:14:34    277

PDF yuklash
Chop etish



Barchamizga ma’lumki Qo‘shtepa tumanidagi “Shomirza” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Qisqa muddatda mazkur mahalla har jabhada eng namunaviy, obod, go‘zal hududga aylantirildi.

Bugun “Shomirza” mahalla fuqarolar yig‘inida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev ishtirokida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida olib borilgan ishlar xususida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, ishchi guruh a’zolari va mahallaning mas’ullari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida tuman hokimi Ilyosbek Novikov “Shomirza” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida shu kungacha bajarilgan va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev hududda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muloqot qilib, o‘zining tavsiyalarini aytib o‘tdi.

Shuningdek, vazir maslahatchisi mahallada “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” dasturi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishib, “Shomirza”ni namunali mahallaga aylantirish bo‘yicha yo‘l xaritada belgilangan har bir band bo‘yicha mas’ullarga ishlarni samarali olib borish bo‘yicha o‘zining ko‘rsatmalarini berdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram