Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

GLOBAL TEXTILE INFINITY KORXONASIDA 3 MILLION DOLLARLIK LOYIHA DOIRASIDA BARPO ETILGAN TIKUVCHILIK O’QUV MARKAZIDA YILIGA 640 TA MALAKALI TIKUVCHI TAYYORLANADI

×

 2023-12-02 20:26:33    403

PDF yuklash
Chop etish



Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘shtepa tumanida joylashgan Global Textile Infinity korxonasida barpo etilgan zamonaviy tikuvchilik o‘quv markazi ochilish tadbirida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida mazkur korxonaga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosi sifatida qisqa muddatda amalga oshirilgan 3 million dollarlik loyiha natijasida Global Textile guruhiga kiruvchi korxonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash imkoniyati yaratildi.

Korxonaning to‘liq o‘z mablag‘lari hisobiga barpo etilgan markazda o‘quv jarayonlari davomida kasb o‘rganuvchilarga maosh ham to‘lab boriladi. Markazda yillik 2,5 million dona zamonaviy trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hamda ularni sotish orqali o‘zini o‘zi moliyaviy qoplash imkoniyati mavjud.

Davlatimiz rahbari tomonidan korxonaga tashrif chog‘ida tayyor mahsulotlar turini ko‘paytirish, taniqli brendlar bilan hamkorlik o‘rnatish zarurligi ta’kidlangandi. Global Textile bugungi kunda Frantsiyaning Kiabi, Germaniyaning Engelbert Strauss hamda Triumph, AQShning The North Face kabi dunyoga mashhur kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatib, ushbu brendlar ostidagi liboslarni viloyatimizda ishlab chiqarish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Global Textile tomonidan paxta ekishdan boshlab, tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonda ekologik xavfsizlikni, atrof-muhitga zarar yetmasligini ta’minlash, bu zanjirning barcha bo‘g‘inlarida muqobil energiya manbalaridan, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish masalalariga ustuvorlik berilgani, ishlab chiqarishga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etilgani dunyo brendlarini jalb etishda muhim rol o‘ynamoqda.

Muzaffar Razakov tomonidan asos solingan “Global Textile” kompaniyalar guruhida bugungi kunda jami 6,5 ming nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Ikki yil avval tamal toshi qo‘yilgan Qo‘shtepadagi Global Textile Infinity korxonasida esa bugungi kunda 2000 dan ziyod doimiy ish o‘rni yaratilgan.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram