Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” MEZONLARI JORIY ETILAYOTGAN SHOMIRZA MAHALLASIDA XONADONBAY TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
2023-12-02 16:45:10 405
Qo‘shtepa tumanidagi “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inida jami 5092 nafar aholi bo‘lib, hududda joylashgan O’zbekiston OShPsi tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Mahalla aholisini xatlov va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot mutaxassislari tomonidan xonadonbay tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikda hududdagi Koinot, Fayzobod, Xurdiyor, Chinobod, Mustaqillik ko‘chalarining 203 ta xonadonida yashovchi aholining 1099 nafari, shuningdek, Gulbog‘, Vatanparvar ko‘chalarining 303 ta xonadonida yashovchi aholining 1643 nafari xatlovdan o‘tkazildi. Xatlov davomida dispanser nazoratidagi bemorlar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun saralab olindi va mavjud muammolar bartaraf etildi.