Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO‘NGILLARGA MEHR ULASHIB...

×

 2023-12-02 16:05:26    388

PDF yuklash
Chop etish


 

Qo‘shtepa tumanida 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.

Xususan, Qo‘shtepa tumanida ham nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

3 dekabr – Xalqaro Nogironlar kuni munosabati bilan Shodlik mahallasidagi “Rayxon” to‘yxonasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olgan  tuman hokimi barchani bayram bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, ko‘ngil xotirjamligini tiladi.

Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga reabilitatsiya texnik vositalari hamda  esdalik sovg‘alari sektor rahbarlari ishtirokida topshirildi.

Tadbirning badiiy qismida nogironligi bo‘lgan fuqarolarimiz uchun bayram dasturxoni atrofida kontsert dasturi namoyish etildi. Tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.
















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram