Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KLASTERLAR VA FERMER XO‘JALIKLARI RAHBARLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

×

 2023-12-01 13:42:28    340

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 29 noyabr kuni “Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlarini joylarda amalga oshirish bo‘yicha klasterlar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Sirdaryo-So‘x ITHB boshlig‘i F.Tursunov, tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari hamda sohaga doir mutaxassislar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida “Suv tekin emas” degan g‘oyani barchaga tushuntirish, ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish, lazerli yer tekislagichlarni sotib olish va yerlarni lazerli tekislashni tashkil qilish, nasos stantsiyalarini DXShga berish va nasoslarni elektrodvigatellarini energotejamkor qurilmalarga almashtirishga doir ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, bu sohadagi muammolar, yangi tashabbus va vazifalar muhokama qilindi. Bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishi ta’kidlandi.

Bunda birinchi muhim vazifa – kanal va ariqlarni betonlash ekanligi buning uchun noyabr-mart oylari eng qulay vaqt ekani, loyihasi tayyor kanallarda qurilishni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram