Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MEHR DAFTARI”GA KIRITILGAN QO‘SHTEPALIK YOSHLARNING ORZULARI USHALDI

×

 2023-11-25 17:24:49    407

PDF yuklash
Chop etish


Mehr-oqibat, saxovatlilik bu – xalqimizga xos olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sanaladi. Bugun tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek mas’ul idoralarning rahbarlari Sohibkor MFYda joylashgan “Oilam-baxtim quvonchi” va Vatan MFYdagi “Mustaqil oilam kelajagim poydevori” nomli oilaviy bolalar uylariga tashrif buyurishib, tarbiyalanuvchilarning holidan xabar olishdi. Mehmonlar tarbiyalanuvchilarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishib, ularning qiziqishlari va maqsadlari haqida suhbatlashdilar.

Shundan so‘ng sektor rahbarlari ishtirokida bolalarning xohish-istaklari inobatga olingan holda “Mehr daftari”ga kiritilgan “Oilam-baxtim quvonchi” nomli oilaviy bolalar uyining 5 nafar tarbiyalanuvchilariga 5 dona kiyim-kechak joylash uchun jamadon, 3 dona noutbuk, kasbga yo‘naltirish maqsadida 1 dona tikuv mashinasi, sport bilan shug‘ullanish uchun 1 dona elektron yugurish yo‘lakchasi, “Mustaqil oilam kelajagim poydevori” nomli oilaviy bolalar uyining 5 nafar tarbiyalanuvchilariga esa sport bilan shug‘ullanish uchun 1 dona elektron yugurish yo‘lakchasi, press, brus, turnigi bo‘lgan sport jihozi, velotrenjer va sport to‘shagi, sport to‘shagi va ta’lim olishga yo‘naltirish maqsadida foydalanish uchun printer hamda gantel sport jihozlari topshirildi.

Ko‘rsatilgan e’tibordan oilaviy bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari mamnun bo‘lib, tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram