Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’QCHI” OILAVIY SHIFOKOR PUNKTI “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA MUKAMMAL TA’MIRLANIB, ISHGA TUSHIRILDI

×

 2023-11-22 15:27:40    320

PDF yuklash
Chop etish



#Tashabbusli_byudjet

Bugun, Qo‘shtepa tumani “O’rta O’qchi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “O’qchi” oilaviy shifokor punkti “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida mukammal ta’mirlanib, ishga tushirildi.

Qishloq vrachlik punktida 2 nafar shifokor, 20 nafar o‘rta va 1 nafar kichik tibbiy xodimlarning 9375 nafardan iborat qishloq ahliga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilindi.

“O’rta O’qchi” qishloq vrachlik punktining ochilish marosimida tuman hokimi I.Novikov, tuman prokurori A.Xudoyberganov hamda tibbiyot xodimlari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Shuni takidlash joizki, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida ta’mirtalab xolatga kelib qolgan oilaviy shifokor punktini mukammal ta’mirdan chiqarish va atrofini o‘rash taklifi g‘olib deb topilib, 1117912632,05 so‘m mablag‘ ajratilgan.

Pudratchi korxona “Qurilish hamkor ta’mirlash” MChJ tomonidan “O’qchi” oilaviy shifokor punktida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram