Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TABIIY GAZ ISTE'MOLCHILARI DIQQATIGA!

×

 2023-11-22 10:19:08    340

PDF yuklash
Chop etish


 

Respublikamizga sovuq havo oqimi kirib kelishi munosabati bilan, iste’molchilarda tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan ortib boradi. Gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan iste’molchilarni bir me’yorda hamda uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali, Qo‘shtepa tuman gaz bo‘limi Sizdan yong‘in va isitish jihozlari sababli kelib chiquvchi is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida, quyidagilarga e’tibor berishingizni so‘raydi va ogohlantiradi.

Isitish jihozlaridan uzoq vaqt uzluksiz foydalanmang;

Qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

Gaz plitasidan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

 Gaz uskunalarini ulashda nostandart rezina shlanglardan foydalanmang;

 Isitish pechlari va mo‘rikonlarning sozligini tekshiring;

Mo‘rikonlar bekilib qolmaganiga alohida e’tibor bering;

 Ko‘p qavatli uylarni vetkanallari ochiqligiga e’tibor bering;

Gaz jihozlaridan foydalanishga ko‘nikmasi bo‘lmagan shaxslar

yoki yosh bolalar tomonidan foydalanishga yo‘l qo‘ymang;

Gaz jihozlarini yoqilgan holda qarovsiz qoldirmang.

“Hududgaz Farg‘ona” GTF Qo‘‌shtepa tumangaz bo‘‌limi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram