Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MEHRJON” BAYRAMI NISHONLANDI

×

 2023-11-20 12:11:10    554

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi 40-maktabgacha ta’lim muassasasida “Mehrjon” kuz bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda bolalar kuz fasli haqida tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Guruh tarbiyachilari bolajonlarga kuz ne’matlari sanalgan mevayu sabzavotlarni namoyish etishib, ularning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berishdi. Iqtidorli bolajonlar oltin kuz fasliga xos tabiat tasvirlarini, bu vaqtda pishib yetiladigan mevayu sabzavotlarni turfa rangli bo‘yoqlarda chizib tasvirlashdi.

Sahnada turli ertak qahramonlari ham o‘z badiiy chiqishlarini namoyish etib, jajji kichkintoylarni “Mehrjon” bayrami bilan tabriklashdi.

 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram